Prezident 92 nafar shaxsni afv etdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan afv etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda «Axborot 24» informatsion dasturida xabar berildi.
Unga binoan, 92 nafar shaxs afv etildi.
Jumladan, ulardan 71 nafari jazodan ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytadi.
2 nafari ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolardan ozod etiladi.
19 nafarining jazo muddatlari qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida 3 nafar 60 yoshdan oshgan shaxs, 3 nafar ayol bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter