Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Prezident marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Aripov Uktam — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, jarroh olim

G‘afurov Vali — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib

Jalolov To‘xtasin — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim, tarjimon

Kabulov Vasil Kabulovich — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, kibernetik olim 

Qosimov Begali — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, jadidshunos olim

Muhamedov Quddus (Quddus Muhammadiy) — O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

Parfiyev Tursunali (Rauf Parfi) — O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

Rajabov Murod Yodgorovich — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor

Rustamov Alibek Rustamovich (Alibek Rustamiy) — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim

Sulaymonov To‘ra (To‘ra Sulaymon) — O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

To‘xtasinov Ma’murjon Salimjonovich — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda

Xoliqov Muhritdin Jaloliddinovich — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda

Hamroboyev Ibrohim Hamroboyevich — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, geolog olim

Yusupov Muhammadjon (Muhammad Yusuf) — O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Akilova Viloyat Isaxarovna — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, baletmeyster

Ahmedova Rimma Ashurovna — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr aktyori va dublyaj ustasi

Vahobov Ismoil — O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi

Madaliyev Oxunjon Nusratovich — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda

Nazarov Anarkul Mamadovich (Anor Nazarov) — O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, kompozitor

Obidjonov Anvarjon (Anvar Obidjon) — O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri

«Do‘stlik» ordeni bilan

Yo‘ldoshev Bahodir — «Diydor» teatr-studiyasi badiiy rahbari

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring