Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Karmana tumani mansabdorlarini ishdan oldi

Prezident Karmana tumani mansabdorlarini ishdan oldi

Karmanadagi qurilishi yakunlanmagan binoda 452 ta «mayning» qurilmasi o‘rnatilgani oqibatida o‘n oy davomida qariyb 5,5 million kilovatt-soat elektrdan noqonuniy foydalanilgan.

Prezident yig‘ilishida Karmana tumani hokimi, prokurori, departament boshlig‘i, ichki ishlar, elektr tarmoqlari rahbarlari o‘n oyda hududda shuncha elektrdan o‘g‘irlikni payqamagani, tumanda oylik iste’mol birdaniga 5 foizga oshganini tahlil qilmagani tanqid qilindi.

Ushbu rahbarlarning barchasi ishdan olinishi belgilandi, Bosh prokuraturaga ularning harakatiga baho berib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi.

Mamlakatimizdagi elektr ulgurji iste’molchilarining 28 foizi avtomatlashgan tizimga (ASKUE) ulanmagani qayd etildi. Yoki, aqlli hisoblagichlar o‘rnatilgani bilan, 170 mingdan ziyod abonentlarning avtomatlashgan tizim bilan aloqasi yo‘q.

Soha mutasaddilariga barcha ulgurji iste’molchilarni ASKUE tizimiga ulash topshirildi.

Joriy yilda hududlarda 3,5 milliard kilovatt-soat elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani ta’kidlandi.

Mutasaddilarga o‘g‘irliklar eng yuqori bo‘lgan hududlarda noqonuniy iste’molga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlab, ularni bartaraf qilish bo‘yicha tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring