Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashkil etildi

Prezident qarori: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashkil etildi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash borasidagi barcha huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Qo‘mita o‘z faoliyatida Bosh vazirga hamda alohida masalalar bo‘yicha – bevosita Prezidentga bo‘ysunadi.

2019-yil 1-iyuldan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha bitimlar, shuningdek, aksiyalarni sotib olish bo‘yicha bitimlarga rozilik berish uchun eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Qaror bilan budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi.

Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasi hamda 2019-2023-yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Qarorga muvofiq, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat organi sifatida Iste’molchilar huquqini himoya qilish agentligi tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring