Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning tibbiy ekspertizaga oid qarori qabul qilindi

Prezidentning tibbiy ekspertizaga oid qarori qabul qilindi

«Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–22-son, 27.11.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1 dekabrdan:

- shaxs sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga borish imkoniga ega bo‘lmagan holatda nogironlikni belgilash biriktirilgan hududlarga chiqib ko‘chma majlislarda, shaxsning uyida yoki davolanishda bo‘lgan statsionarda hamda sirtdan ko‘rikdan o‘tkazish orqali tashkil etiladi;

- nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni klinik-funksional ma’lumotlarni olishga doir qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazmasdan turib, tasdiqlangan kasalliklar ro‘yxati asosida fuqaro ishtirokisiz ular nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilganda nogironlik muddatsiz davrga belgilanadi;

- tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

2022 yil 1 avgustdan Toshkent shahrida, 2023 yildan respublikaning boshqa barcha hududlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning yangi «Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza» elektron axborot tizimi joriy etiladi.

Qarorga ko‘ra, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tashkil etilib, shu munosabat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining shifokorlari zimmasiga 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni belgilash bo‘yicha yuklatilgan qo‘shimcha funksiyalar bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring