Prezident yangi qaror qabul qildi
«Ochiq budjet» axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Fuqarolarni budjet jarayoniga jalb qilish mexanizmining ishga tushirilishi joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarning yechimini topish va jamoatchilikni budjet jarayonining ishtirokchisiga aylantirishda alohida vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
2021-yilda o‘tkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarda bayon etilgan o‘rinli va dolzarb muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, davlat budjetini shakllantirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga aholini faol jalb etish maqsadida:
Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan 1-ilovaga muvofiq 2021-yil 1-oktyabrga qadar:
Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasida 1 milliard so‘mdan kam mablag‘ shakllangan tuman va shaharlar uchun qo‘shimcha 57,9 milliard so‘m;
«Ochiq budjet» axborot portali orqali kelib tushgan takliflar soni 100 tadan ortiq bo‘lgan tuman va shaharlarga qo‘shimcha 59,5 milliard so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.
Tartibga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab tuman va shaharlar budjetlari parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi «Ochiq budjet» axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltiriladi.
Moliya vazirligi ikki oy muddatda hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning 50 foizini «Ochiq budjet» axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter