Prezidentning ta’limga oid yangi qarori e’lon qilindi

Respublika “Kelajak” markazi tashkil etiladi. “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–277-son, 08.09.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:
- “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi hamda Respublika o‘quvchi-yoshlar markazi negizida Respublika “Kelajak” markazi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) “Barkamol avlod” bolalar maktablari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman (shahar) “Kelajak” markazlari;
- Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari “Kelajak” markazlari huzurida bolalar sayyohlik bazalari.
“Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida vertikal tizimini joriy etish maqsadida o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.
Maktab maslahatchisi lavozim maoshi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi.
2026-yil 1-sentyabrdan menejerlik sertifikatiga ega maktab maslahatchilariga lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 30 foiz miqdorida qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter