Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning yangi qarori jamoatchilikka e’lon qilindi

Prezidentning yangi qarori jamoatchilikka e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Turkiy davlatlar bilan raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–108, 18.03.2025 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so‘ng belgilangan tartibda uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring