Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuror va IIBB xodimi hokim bo‘ldi

Prokuror va IIBB xodimi hokim bo‘ldi

Surxondaryoda tuman hokimlari yoppasiga almashtirilishi davom etmoqda.

Donayev Abduqodir Haydarovich Xalq deputatlari Sariosiyo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Bunga qadar u Toshkent shahar Yashnobod tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Bozorov Habibulla Sherdanakulovich Xalq deputatlari Uzun tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Bunga qadar u Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq viloyatning beshta tumanida yangi hokim tayinlangani xabar qilingandi.

Ta’kidlash joizki, bir oy avval Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring