Qahva qarishni sekinlashtirishi mumkinligi aniqlandi
Yaponiyalik tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, kofe tarkibiga kiruvchi trigonellin insonning kognitiv qobiliyatini yaxshilaydi, tananing qarishini sekinlashtiradi.
Bundan tashqari, moddaning asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatishi, yallig‘lanishga qarshi sitokinlar darajasini pasaytirish va mitoxondrial funksiyani yaxshilashi aniqlandi.
Sukuba universiteti tadqiqotchilari bir oy davomida sichqonlarga trigonellin berishdi. Keyin kemiruvchilar Morris labirintiga joylashtirildi va ularda xotira qobiliyati sezilarli darajada oshgan.
«Albatta, trigonellin nafaqat qahvalarda, balki turp mevasida ham uchraydi. Ammo ushbu ichimlik qulayroq va yoqimli ko‘rinadi», — deya yozadi tibbiyot fanlari doktori Zuxra Pavlova yapon olimlarining tadqiqotini sharhlar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qahva yoshlikni saqlaydi va hayot sifatini yaxshilaydi, lekin uni sut, shakar va boshqa qo‘shimchalarsiz iste’mol qilgan ma’qul.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter