Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamoqdan chiqqan bloger... qanday sho‘rva haqida yozmoqchi?!

Qamoqdan chiqqan bloger... qanday sho‘rva haqida yozmoqchi?!

Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan beqiyos tezkorlik bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib,  viloyat ma’muriy sudi tomonidan xuddi shunday tezlik bilan 15 sutkaga «kesilgan» bloger Otabek Nuritdinov  kuni kecha (jazoni  o‘tab) ozodlikka chiqqanidan xabaringiz bor.

Kecha kechqurun bloger «Feysbuk»  ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida (qamoqdan chiqqanidan so‘ng) ilk postini joyladi.  Otabek yozadi: «Assalomu alaykum! Hamma qo‘llaganlarga rahmatimni birgina «rahmat»  (so‘zi) bilan ifodalab berolmayman (izoh: bloger boshiga tushgan sinovlarda qo‘llab-quvvatlaganlarni nazarda tutmoqda). Avvalambor uzr so‘rayman, endi internetga kirib, yozishga imkon topoldim. Farzandimga metrika hujjat ishlari, tug‘rukxonadan olib chiqish, keldi-kettilar ham uzilmayapdi (izoh: bloger qamoqdaligida farzandi bo‘lgan: o‘g‘il, muborak bo‘lsin!). Ko‘pchilik uyda yo‘qligimda ham kelibdi, uzr, ko‘risholmadik. Sog‘liklarim joyida. Sochim ham (izoh: turmaga tushgan mahkumlarning sochi olib tashlanadi, «men «zik» emasman, bor-yo‘g‘i ma’muriy qamoq jazosini o‘tadim», demoqchi, chog‘i?)».

So‘ng kutilmaganda jumboqli gap bilan yozmishini tugatadi: «...Bir muddat ijtimoiy tarmoqlardan dam olmoqchiman. Vaqt topib, ajoyib bir sho‘rva haqida yozishga harakat kilaman. Bunday sho‘rvani ichishlik hammaga ham nasib qilmaydi».

Ajab...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring