Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshi shahrining logotipi tasdiqlandi

Qarshi shahrining logotipi tasdiqlandi

Foto:«Gazeta.uz»

Qarshi hokimiyati shahar logotipini tasdiqlandi. Bu haqida shahar ma’muriyatiga asoslanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

Unda suv yig‘ishga mo‘ljallangan sardoba tasvirlangan. Yer tubiga tushgan va tosh bilan yopilgan sardoba basseynida ichimlik suvini saqlangan hamda undan foydalanilgan. Bu kabi omborda suv yilning eng issiq davrida ham muzday holda turgan.

Foto:«Gazeta.uz»

«Buyuk Ipak yo‘lining alohida uchastkalarida sardobalari bo‘lishi shart bo‘lgan», — deyiladi xabarda. Mazkur ajoyib arxitektura qurilmasi eramizning X asridan mashhur bo‘lgan.

Logotipga «The center of history» («Tarix markazi») shiori ham yozilgan. Qarshi Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan va Qashqadaryodagi eng yirik markaz sanaladi. Ayni vaqtda shaharda 260 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ilk bor manbalarda miloddan avvalgi VII asrdan boshlab uchraydi.

Joriy yilning fevral oyida Toshkent shahrining logotipi tasdiqlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring