Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 32 nafar mutasaddi «hayfsan» oldi. Ular orasida ikki nafar hokim ham bor

Qashqadaryoda 32 nafar mutasaddi «hayfsan» oldi. Ular orasida ikki nafar hokim ham bor

Illyustrativ foto

Qashqadaryo viloyati tuman va shahar hokimliklarining 32 nafar xodimi «hayfsan» olgan. Bu haqda viloyat hokimining axborot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 8 oyi davomida hokimlik tizimlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarni ko‘rib chiqishda rahbar va mas’ul xodimlar tomonidan kamchilik va qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, viloyatning tuman va shahar hokimliklarning 32 nafar mas’ul xodimga «hayfsan» berildi. Ularning ichida 2 nafar tuman hokimlari ham bor.

Tahlilarga ko‘ra, yanvar oyidan buyon hokimlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari orqali 145 ta, Virtual qabulxona orqali 731 ta, sayyor qabul va uchrashuvlarda esa 6798 (2019 yilda 5776) ta murojaatlar kelib tushgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring