Qashqadaryoda 7 ming gektar hududda pista-bodom plantatsiyalari barpo etiladi
Qashqadaryo viloyatida o‘rmon xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Chiroqchi tumanida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkil etiladi.
Mazkur o‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifasi, jumladan pista, bodom va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish, o‘rmonlarni tiklash, ihota o‘rmonzorlarini ko‘paytirish, eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish hisoblanadi.
Bundan tashqari qarorga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati davlat o‘rmon xo‘jaliklaridagi 7 ming gektar hududda 2019–2020-yillarda pista, achchiq bodom, yong‘oq va chakanda (oblepixa) plantatsiyalari barpo etiladi.
Eslatib o‘tamiz, fevralda Orol dengizining qurigan qismida 2019-yil davomida 500 ming gektar hududda o‘rmonlar barpo etish bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter