Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda kuchli shamol asoratli bo‘ldi (foto)

Qashqadaryoda kuchli shamol asoratli bo‘ldi (foto)

Foto: FVV

Bugun, 28-yanvar kuni Qashqadaryoda kuchli shamol kuzatildi.

Kuchli shamol sabab Qarshi aylanma yo‘lida tungi yoritish chiroqlari, shahar ko‘chasidagi reklama monitori qulagan, binolarning tomi uchgan.

Soat 14:53 ga qadar 3 marotaba daraxt va boshqa qurilmalarning qulashi bilan bog‘liq holatlarda amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat FVB ma’lum qildi.

Energetika vazirligi kuchli shamol sababli Qashqadaryo viloyati tuman va shaharlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilish kuzatilayotganini bildirdi.

Qayd etilishicha, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida elektr tarmoqlari vaqtinchalik tarmoqdan ajratilgan.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng, elektr energiyasi qayta tarmoqqa ulanadi.

Shuningdek, Samarqand viloyatida ham kuchli shamol esmoqda, Qoraqalpog‘istonda esa qor yog‘ayotgani qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring