Qashqadaryoda sudya qo‘lga olindi: tafsilotlar
Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining sudyasi A.B. 200 AQSh dollari pora olganda ushlangan.
Bugun, 28 mart kuni Sudyalar oliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokurorning fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A. B.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.
Yakunda Kengash xulosasi bilan A. B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.
Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi, deyiladi kengash matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter