Qashqadaryoda terilmagan paxta borligi ma’lum qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida salkam 20 gektar yer maydonidagi paxta terilmay qolib ketgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, xabarlarda aytilgan paxta dalalari Mirishkor tumanining Amir Temur hududida joylashgan «EMG Inter Investment» xorijiy korxonasiga tegishli.
«Xorijiy korxona tomonidan 2022 yil 30 dekabr kuniga qadar ham dalalarda paxta terimi amalga oshirilgan. Bayram kunlari munosabati bilan terimni tashkil etish imkoniyati bo‘lmagan. Shuningdek, xorijiy korxona paxta yetishtirishda o‘z ilmiy qarashlariga asoslanib ish yuritadi. Daladagi paxta 4 yanvar kunidan boshlab, terim ishlari davom ettirilishini «EMG Inter Investment» xorijiy korxonasi ish yurituvchisi ma’lum qildi», deyiladi munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter