Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘ovul otgan shaxs ovchilar safidan chetlashtiriladi

Qirg‘ovul otgan shaxs ovchilar safidan chetlashtiriladi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi «Sirdaryo suv xavzasi sho‘basi» davlat inspektorlari Toshkent viloyati hududida nazorat tadbirlarini o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonun talablariga rioya etgan holda joriy yilning 1 yanvaridan Toshkent viloyatida yovvoyi hayvonlar va qushlar uchun ov mavsumi yakunlangan.

Shunga qaramay, mazkur ekologik nazorat tadbirida fuqaro J.X. tomonidan ov qilish ta’qiqlangan vaqtda noqonuniy tarzda 2 dona qirg‘ovul ovlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat  yuzasidan huquqbuzarga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarga sud tomonidan tegishli tartibda chora ko‘riladi. Shuningdek, uning hayvonot dunyosiga yetkazgan zarar summasi hisoblab chiqildi va jarima chorasi qo‘llanildi.

Ovchining huquqbuzarligi uchun berilgan jazo bu bilan cheklanmadi. Uning ov quroli Chinoz tumani ichki ishlar bo‘limiga sudning yakuniy qaroriga qadar vaqtincha topshirildi. Davlat inspektorlari Toshkent ovchilar va baliqchilar jamiyatiga mazkur holat bo‘yicha tegishli tartibda xat chiqarib, bunday holatda ovchi J.X. ov taqiqlanganiga rioya qilmagani uchun 3 yildan 5 yilgacha ovchilar safidan chetlashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring