Poytaxtdagi nochor manzara (foto)

Bugun qishloqlar shahar ko‘rinishini olayotgan, har jabhada qurilish, obodonlashtirish, yangilanish ko‘zga tashlanayotgan bir paytda poytaxtimizda nochor sharoitda kun kechirayotgan odamlarning borligi, afsuski, haqiqat.
Davlat xizmatlari agentligining «Facebook»dagi rasmiy sahifasida xabar berilishicha, mazkur agentlik, Oliy sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolari suratlarda aksini topgan bu ayachli manzaraga Bektemir tumanida duch kelishdi.
Ayni paytda ishchi guruh «Obod mahalla» loyihasi doirasida Bektemir tumanidagi «Chashma» mahalla fuqarolar yig‘inida xonadonma-xonadon yurib, xalqni qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularga ijobiy yechim topish maqsadida suhbat va uchrashuvlar tashkil etyapti.
Agentlikning ma’lum qilishicha, mutasaddilar xalqni qiynayotgan muammolarni aniqlab, ularni ijobiy hal etish, tuman yangicha ko‘rinish olishi yuzasidan «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilishiga jiddiy kirishdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter