Qizilqum qo‘ylari fotoqopqonga tushdi (video)
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga qarashli Nurota davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga Qizilqum qo‘ylari muhrlandi.
Qizilqum qo‘ylari (yoki Seversov qo‘ylari) O‘zbekiston Qizil kitobiga va TMXI Qizil ro‘yxatiga kiritilgan. Umumiy soni 1800-2000 atrofida. Asosiy qismi Nurota tizmasining markazida uchraydi, bu yerda so‘nggi 10 yilda Seversov qo‘ylari soni barqarorlashgan va 1600 taga yaqinni tashkil qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter