Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mingdan ortiq yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi

Mingdan ortiq yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi

Kuni kecha, 29 sentyabr kuni Qorao‘zak tumani «Qoybaq» hududida 1031 ta yo‘rg‘a tuvaloq yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib «Makan.uz» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qush O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi va Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Yo‘rg‘a tuvaloq bugungi kunda dunyoda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan qush turlaridan biridir.

«Ular Birlashgan Arab Amirliklaridagi «International fund for houbara conservation» tomonidan ko‘paytirildi», deyiladi qo‘mita bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring