Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qorao‘zakda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

Qorao‘zakda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 10 cyentyabr kuni IT sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, bir qator topshiriqlar berilgan edi.

Xususan, aholi va yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ham aytib o‘tildi.

Qayd etilishicha, hozirda 151 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi faoliyat yuritib, ularda joriy yilda 27 mingdan ortiq tinglovchilar o‘qitildi. Ushbu markazlar faoliyatini kengaytirish, davlat-xususiy sheriklik asosida yana shunday o‘quv maskanlarini tashkil etish maqsadida samarali ishlar olib borilmoqda.

Unga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marosimda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ishtirok etdi.

Yangi o‘quv markazida yoshlarimiz mobil va veb-dasturlash, mobil robototexnika, kibersport, IT-English sohalarini o‘rganish imkoniyatiga ega.

Tadbir doirasida mehmonlar va o‘quvchi-yoshlar IT-markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring