Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qorovulbozorda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Qorovulbozorda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni o‘rganish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida, hozirgi kunda respublika bo‘ylab Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida ochildi.

Markaz zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan. Ularda tuman yoshlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturlash asoslari, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rganishi hamda mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xususiy korxona xodimlari malakalarini oshirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Markazda Qorovulbozor tumanidagi 3 ming nafar yoshlarni axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat kabi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini oshirish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring