Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘rqmang va boy bo‘ling: optimizmning siri nimada?

Qo‘rqmang va boy bo‘ling: optimizmning siri nimada?

Optimizm, bu – tafakkur, odatning o‘ziga xos turlaridan biri. Siz uni o‘zingizda ko‘paytirsangiz, muvaffaqiyatga erishishga bo‘lgan imkoniyatingizni ma’lum darajada oshirasiz. Aks holda esa o‘zingizni umidsizlik chohiga giriftor etasiz.

Optimizm ─ yaxshi fe’l-atvorning zaruriy belgilaridan biri. Ammo uning manbalari insonning yumor xislati, qo‘rquvni bartaraf etish, qoniqishni his etish qobiliyatlari, tajribaga asoslangan tafakkuri, moslashuvchanligi, g‘ayrat, zavq-shavq va qat’iyati kabi fazilatlariga ko‘proq borib taqaladi.

Siz o‘zingiz bilan ro‘y berishi ehtimol tutilgan noxushliklardan bezovta bo‘lib o‘tirish o‘rniga ertaga, kelgusi hafta, kelgusi oy yoki kelgusi yilda yuz beradigan yoqimli voqea-hodisalarni birma-bir sanash uchun bir kun va bir daqiqani ajrating. Ular borasida fikr yuritar ekansiz, kutilmaganda ro‘y berganda nima qilish kerakligi haqida reja tuzayotganingizni payqab qolasiz. Siz shunday harakat qilish asnosida o‘zingizda optimizm odatini ishlab chiqa boshlaysiz.

Mashhur liderlar yoki muvaffaqiyat qozongan kishilar orasida hech qachon umidsiz (pessimist) odam bo‘lmagan. Haqiqiy peshqadam inson o‘zining izdoshlariga tushkunlik hamda mag‘lubiyatdan boshqa narsani va’da berarmidi? Hatto fuqarolar urushining eng og‘ir kunlarida ham bir-biriga qarshi kurashayotgan ikki tomon liderlari ─ Linkoln va Li yaxshi kunlar kelishiga ishonib, optimizm bilan yashaganlar.

Buyuk Turg‘unlik yillarining eng tashvishli davrida Franklin D.Ruzveltning tabiatan optimizmi Amerika xalqini yangi umidlar sari ruhlantirgan edi. Hatto eng jirkanch qilmishlari bilan nom chiqargan liderlar ─ Gitler, Stalin, Mussolini va Mao o‘z izdoshlarini «Ertaga butun dunyo bizniki bo‘ladi», «Zanjiringizdan hech narsani yo‘qotmaysiz», «Yangilanayotgan Osiyo» shiorlari ostida to‘plagan edilar.

Ehtimol, siz, eng yaxshi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tizimda yashovchilar, ana shu liderlardan o‘zingizni kam darajada optimist hisoblamasangiz kerak?

Yodingizda bo‘lsin, insoniy munosabatlarda o‘xshash narsalar o‘xshashini o‘ziga tortadi va bu moddiy dunyoda mavjud bo‘lgan qoidaga bog‘liq emas. Optimist optimistga qovushib ketadi, xuddi shunday muvaffaqiyat ham o‘ziga ko‘proq muvaffaqiyatni tortadi. Ammo pessimistlar omadsizlik yoki baxtsizlikni bir og‘iz so‘zsiz yoki ular tomonidan harakat qilib, o‘ziga tortadi, bunda bekamu ko‘st magnit bo‘lib, ularga salbiy tafakur xizmat qiladi.

Optimizm, o‘z-o‘zidan, muvaffaqiyatning har xilligi demakdir. Shunday qilib, uning yaxlitligi sizda sog‘lom aql, xotirjam zakovat borligini va sizning o‘z-o‘zingiz bilan rozi bo‘lib yashayotganingizni anglatadi.

Agar omadi chopgan boy-badavlat kishining ongi doimiy pessimizm bilan zararlangan bo‘lsa, u xastalnib qolishi mumkin.

Optimizm ongning holati emas. Siz o‘zingizni taqdir hukmiga tashlaysiz, kelajak o‘zi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishini ta’kidlab, ko‘zlari charaqlaydi. Hayotga bunday munosabatda bo‘lish faqat ahmoq kishilarga xosdir. Bundan farq qilgan optimizm qat’iy ishonch bo‘lib, siz voqea-hodisalarga tegishli yo‘nalish berishingiz mumkin. Siz sog‘lom fikr yuritishlar asosida voqealar istiqbollari hamda rejalari xususida o‘ylaysiz.

1928 yilda Amerikada katta shov-shuv ko‘tarilgandi, soxta optimistlar chiqib qoldi. Ular bir kun kelib pufak yorilib ketishi mumkinligiga ishonmadilar. Uzoqni ko‘zlagan «pessimistlar» ustidan kulishdi. Bu toifa pessimistlar ogohlantirib, avj olgan inflyasiya va olib-sotarlikning kuchayishidan xalqning xavfli yo‘lda turganini ta’kidlagan edilar.

Shov-shuv tugagandan keyin «optimistlar» yutqazishdi. Ularning ko‘pchiligida mag‘lubiyat mag‘zidagi g‘alabaning o‘sishini topishda iroda kuchi yetishmadi, ana shunday vaziyatda o‘zlarini haqiqiy pessimist sifatida ko‘rsatdilar. Kim qo‘rqmay oldinga qaragan bo‘lsa, ko‘tarila oldi. Masalan, ombordagi zaxira asbob-uskunalarni ulardan qutulish uchun sotib yuborish kabi harakatlar yordamida o‘zlarini haqiqiy optimistlar kabi tutdilar.

Siz ham ana shunday optimistga aylanishingiz mumkin. Kelajak bilan yuzma-yuz bo‘lishni o‘rganing. Uni tahlil qiling. Barcha omillarni hushyor holda baholang. O‘zingizga kerakli yo‘nalishda voqea-hodisalarni burish uchun xatti-harakatlaringiz yo‘nalishini belgilab oling. Ana shunda kelajakda sizni qo‘rquvga soladigan hech nima yo‘qligiga amin bo‘lasiz.

Xullas, qo‘rqmang va boy-badavlat bo‘ling. Tabassum va umid qilib yashang!

(Napoleon Xill kitobidan)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring