Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida turistik poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida turistik poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

16 noyabrdan Olmaota – Turkiston – Toshkent – Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha ilk temiryo‘l sayohat dasturi yo‘lga qo‘yildi.

«Jibek joly» («Ipak yo‘li») deya ramziy nomlangan poyezd qatnovi ikki davlat o‘rtasida sayyohlar almashuvini yanada jonlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Qozog‘iston temiryo‘l shirkati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 5 kun davom etadigan ilk sayohatga 100 dan ziyod yo‘lovchi otlandi.

«Ushbu loyiha Qozog‘iston prezidenti topshirig‘iga asosan «Qazaqstan temіr joli» milliy kompaniyasi tomonidan, turizmni rivojlantirish strategiyasi doirasida, Transport vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Olmaota shahri va Turkiston viloyati hokimliklari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, loyihani ro‘yobga chiqarishda «O‘zbekiston temiryo‘llari» kompaniyasidagi hamkorlarimiz ham qatnashmoqda», – deydi «Yo‘lovchi tashish» AJ bosh direktori o‘rinbosari Muhit Tursinbayev.

Sayyohlar Turkiston shahrida bir kun, Toshkentda esa ikki kun bo‘lib, ikki tarixiy shaharning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishadi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 8 avgust kuni Ostona shahrida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev raisligida bo‘lib o‘tgan Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisida ham ko‘plab yo‘nalishlar qatori turizm sohasidagi almashinuvlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring