Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonga boruvchi fuqarolar uchun muhim ma’lumot e’lon qilindi

Qozog‘istonga boruvchi fuqarolar uchun muhim ma’lumot e’lon qilindi

2021 yil 12 maydan boshlab, Nur-Sulton va Olmaota aeroportlaridagi barcha yo‘lovchilar uchun «AShYQ» loyihasi sinov rejimda amalga joriy etiladi.

Yo‘lovchilar aeroport terminali binosiga sayohatni davom ettirish uchun «AShYQ» mobil ilovasidagi QR-kodini skanerlash va Qozog‘iston Respublikasi fuqarolarining IIN-kodi bo‘yicha hamda chet el fuqarolarining pasport raqami orqali holati tekshirilgandan so‘nggina kirishga ruxsat etiladi.

Yo‘lovchilarga quyidagi status holatlarida terminallarga kirish ruxsat etiladi:

- «yashil» status holati - COVID-19 uchun salbiy PZR natija bilan;

- «ko‘k» status holati - PZR natijasi yo‘q bo‘lganda;

Yo‘lovchilarga quyidagi status holatlarida terminallarga kirish ruxsat etilmaydi:

- «sariq» status holati – ma’lumotlar bazasida COVID-19 bilan kasallangan bemor bilan aloqa sifatida ko‘rsatilganda;

- «qizil» status holati, COVID-19 uchun ijobiy natija, «infeksiya yuqtirgan» statusga ega yo‘lovchilar.

«Ushbu munosabat bilan, yo‘lovchilardan «AShYQ» mobil ilovasini oldindan o‘rnatishlarini va o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tib, kechiktirmasdan uchib ketish uchun yuqoridagi ayeroportlarga oldindan ertaroq yetib kelishlarini so‘raymiz», deyiladi Uzbekistan Airways xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring