Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

Qozog‘istonda og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Farg‘onalik D.U 2007-yilda ishlash maqsadida Qozog‘istonga ketgan. Mehnat faoliyati davomida og‘ir xastalikka chalinib, mehnat layoqatini yo‘qotgan.

Joriy yilning 13-may kuni mahalliy aholi tomonidan O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilingan. Fuqaro Bosh konsulxona tomonidan shoshilinch shifoxonaga joylashtirilgan.

Fuqaro salomatligi barqarorlashgani sababli Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tibbiy xodim kuzatuvida reanomobilda O‘zbekistonga olib kelindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring