Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi binosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan brifing qoldirildi

Bugun, 19-yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi yangi binosida Prezident Nursulton Nazarboyevning 2018-yil 10-yanvar kuni Qozog‘iston xalqiga qilgan murojaatiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazilishi mo‘ljallangan edi.
Biroq Qozog‘iston elchixonasidan ma’lum qilishlaricha, 2018-yil 18-yanvar kuni Oqto‘ba viloyatida ro‘y bergan avtobus halokati munosabati bilan brifing boshqa kunga qoldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyati Irgiz tumanida avtobusda yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida 52 kishi halok bo‘lgan va 5 kishi jabrlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter