Qurbon Tursunov Buxoro shahar hokimi lavozimiga tayinlandi
Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, viloyatdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va shahar faollari qatnashdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Ayni vaqtga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi issiqlik ta’minotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Qurbon Tursunov Ibragimovich Buxoro shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Avvalroq Jamol Nosirov sog‘ligi yomonlashganligi sababli Buxoro shahar hokimi lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter