Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rishtondagi chinorlarga «qiron keldimi»?

Rishtondagi chinorlarga «qiron keldimi»?

Foto:«Ekolog.uz»

Jurnalist Nargis Qosimova o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida yo‘l kengaytirish bahonasi bilan azim chinorlar kesilayotgani haqida xabar berdi. 

«Bugun ertalabdan Farg‘ona vodiysi, aniqrog‘i Rishton tumanidan xavotirli xabar keldi. Rishton tumanining markaziy ko‘chasidagi chinorlar o‘zi keng bo‘lgan yo‘lni «kengaytirish bahonasida» kesilmoqda. Aholi norozi, ammo bu noroziligini faqatgina uydan chiqmay bildirishmoqda. Mazkur daraxt kesilishlari qanchalik qonuniy? Nahotki, obodonlashtirish va qurilish ishlarini daraxtlarni nobud qilmasdan amalga oshirish mumkin bo‘lmasa? Ularning o‘rniga keyinchalik ekiladigan ko‘chatlar 50-80 yillik chinorlardek bo‘lganicha bir inson umri o‘tadi (agar o‘rniga yana archa emas, chinor ekilsa albatta?!). Bunga tuman hokimi Tavakkal Rahimov, Farg‘ona viloyati va tuman ekologiya qumitasi bo‘limlari, Ekologik partiya va Ekoharakat tuman bo‘limlari qanday munosabatda?

Farg‘ona vodiysi bundan atigi 5 yil muqaddam daraxtlarning, azim chinorlarning ko‘pligidan eng salqin, eng soya, bohavo hududlardan biri edi. Ammo respublikamizda shaharlarni obodonlashtirish borasida faoliyat boshlanishi bilan birinchi galda daraxtlarga tom ma’noda qiron keldi. Shaharnin binolar bilan ko‘rkiga ko‘rk qo‘shildiyu, ammo yaydoq cho‘lga aylandi. Albatta yo‘l chetiga ekilgan aksariyat archa ko‘chatlari kelgusida chinorlardek soyani bermaydi. Yozda haroratning ko‘tarilishiga daraxtlarning kamayib ketishi, atmosferaning ifloslanishiga (daraxtlar kislorod chiqarib, karbonat angidridni yutishini unutmaylik!) aholining sog‘lig‘ini yomonlashishiga, yurak-qon-tomir, nafas yo‘llari kasalliklarining ortishiga olib kelmoqda. Hurmatli rishtonliklar, daraxtlarni kesilishiga yo‘l qo‘ymang, o‘zingiz, farzandlaringiz sog‘lig‘i qisman bo‘lsada ana shu daraxtlarga bog‘liq ekanligini unutmang.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring