Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada muqaddam sudlangan suv ta’minoti xodimi pora bilan ushlandi

Farg‘onada muqaddam sudlangan suv ta’minoti xodimi pora bilan ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan «Farg‘ona suv ta’minoti» xodimi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Furqat tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda  «Farg‘ona suv ta’minoti» AJ Furqat tumani bo‘limi xodimi X.T. (muqaddam sudlangan) «A.P.» MChJga nisbatan ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganlik holati yuzasidan o‘rganish dalolatnomasi rasmiylashtirgan bo‘lsa-da, go‘yoki fuqaro J.M.ning MChJ hududidagi sexida 8,4 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganlik holati yuzasidan o‘rganish dalolatnomasi rasmiylashtirganligini, agarda 2 mln so‘m bersa dalolatnomani yo‘q qilib berishini va’da qilgan. Shu tariqa fuqaroning 2 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. So‘ngra X.T. tomonidan 2 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring