Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada vafot etgan o‘zbekistonlikning oila a’zolariga tovon puli undirib berildi

Rossiyada vafot etgan o‘zbekistonlikning oila a’zolariga tovon puli undirib berildi

Rossiyada baxtsiz hodisada qurbon bo‘lgan o‘zbekistonlikning oila a’zolariga kompensatsiya undirib berildi

Fuqaro M.K.To‘ychiyev farzandi M.M.To‘ychiyevning Rossiya Federatsiyasida ish joyida (AO «OPITNIY ZAVOD GIDROMONTAJ») sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida vafot etganligi holati bo‘yicha kompensatsiya pulini undirib berish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qildi.

Mazkur murojaati yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qo‘llab-quvvatlash Markazi tomonidan fuqaroga kompensatsiya pulini undirib berish to‘g‘risida Rossiya Federatsiyasi Pensiya va ijtimoiy sug‘urta fondiga murojaat qilindi.

Biroq, tashkilot tomonidan sug‘urta pullarini to‘lab berish rad etildi.

Shundan so‘ng, mazkur holat bo‘yicha Naro-Fominsk prokuraturasiga shikoyat xati yuborildi. Natijada, prokuratura tomonidan tashkilotning sug‘urta pulini to‘lab berishni rad etganligi holati noqonuniy deb topilib, mas’ul shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi,  deyiladi Migratsiya agentligi xabarida. 

Ko‘rsatilgan huquqiy yordam natijasida, Rossiya Federatsiyasi Pensiya va ijtimoiy sug‘urta fondidan marhum M.M.To‘ychiyevning oila a’zolariga jami 1 mln. 375 ming rubl (15000AQSh dollari) miqdorida sug‘urta puli undirib berildi. Bundan tashqari, marhum M.M.To‘ychiyevning turmush o‘rtog‘i X.To‘chiyevaga ish topguniga qadar har oylik, 2 nafar voyaga yetmagan farzandlariga voyaga yetgunga qadar har oyda sug‘urta puli to‘lanishiga erishildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring