Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Salqin harorat qachongacha saqlanib qoladi?

Salqin harorat qachongacha saqlanib qoladi?

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» 20–22 may kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 20 mayda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21–22 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 20 va 22 mayda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20–21 mayda 8-13 daraja, 22 mayda 10-15 daraja, kunduzi 20 mayda 20-25 daraja, 21–22 mayda 22-27 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21–22 mayda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 20–21 mayda 8-13 daraja, 22 mayda 10-15 daraja, kunduzi 20 mayda 20-25 daraja, 21–22 mayda 22-27 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 21–22 mayda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20 mayda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 21 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja, 22 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 20–21 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20–21 mayda 20-25 daraja, 22 mayda 22-27 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 20 mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 23-28 daraja, 21 mayda kechasi 11-16 daraja, kunduzi 25-30 daraja, 22 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20–21 mayda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 20–21 mayda 9-14 daraja, 22 mayda 11-16 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring