Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosarlari tarkibida o‘zgarish bo‘ldi

Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosarlari tarkibida o‘zgarish bo‘ldi

Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati

Viloyat hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Oybek Xo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Viloyat hokimligida o‘tkazilgan tadbirda Oybek Erkinovichga viloyatda olib borgan samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildirilgan.

Tegishli qarorga muvofiq viloyat hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Oybek Mirzabekov tayinlandi.

Oybek Alibekovich 1980 yilda Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan bo‘lib, ushbu tayinlovga qadar «O‘zsanoateksport» AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring