Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda erining tahqiriga uchragan ayolga ikki xonali uy ajratiladi

Samarqandda erining tahqiriga uchragan ayolga ikki xonali uy ajratiladi

Bu haqda Samarqand viloyati matbuot uyida tahdid va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilish, tazyiqqa duch kelgan ayollarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan brifingda Samarqand viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sayyora Jumayeva ma’lum qildi.

– Samarqand shahrida yashovchi bu qizimiz va uning farzandlari viloyat hokimligi va boshqarmamiz himoyasiga olinib, unga zarur tibbiy-ijtimoiy, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda, – deydi S.Jumayeva. – Oiladagi vaziyatni o‘rgandik, Mustahkam fikrlarini eshitdik, u bilan deyarli har kuni suhbatlashyapmiz. Hozirda bu oilani saqlab qolish yoki ularni yarashtirish haqida o‘ylaganimiz yo‘q. Chunki, mavjud vaziyat bunga imkon bermaydi. Aksincha, viloyat hokimligi unga ikki xonali uy ajratmoqchi. Salomatligi yaxshilanganidan keyin Mustahkamni ish bilan ta’minlash chorasini ko‘ramiz. Umuman, bu qizimizni endi hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz. Kuni kecha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari G.Ma’rufova ham uning holidan xabar olib, suhbatlashdi. Mustahkam himoyaga olinib, unga qanday yoram zarur bo‘lsa, ko‘rsatilishi ma’lum qilindi. 

Brifingda Samarqand shahar IIB tergov bo‘limi boshlig‘i Damir Sultonov ham mazkur holat yuzasidan ma’lumot berib, xotiniga nisbatan zo‘ravonlik qilgan Sh.Karimovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring