Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

Samarqandda kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

7-may soat 08:00dan boshlab viloyatimiz hududida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqarolarning karantin qoidalariga rioya etishlari bo‘yicha kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar bergan. 

Karantin cheklovi talablarini buzgan shaxslar qat’iy javobgarlikka tortiladilar.

- Zaruriy mahsulotlarni xarid qilish uchun faqat bir kishi o‘zining yashash hududidagi savdo nuqtalariga chiqishi lozim.

- Savdo do‘konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash talab etiladi.

- 65 yoshdan yuqori yoshda bo‘lgan va surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar tashqariga chiqishi qat’iyan man etiladi.

- Taksi haydovchilariga yo‘lovchi tashish qat’iyan ta’qiqlanadi. (bunda kurerlik faoliyatiga ruxsat)

- bir joyda ikki va undan ortiq fuqaroni to‘planmasligi talab etiladi.

- fuqarolarga – ish joyiga borib kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun soat 07:00 dan 10:00 ga hamda 17:00 dan 20:00 ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yo‘lovchilar bilan birga), shu jumladan velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga rusxat berilgan.

- fuqarolarga – shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarning bevosita oldida va ichki hovli hududlarida ijtimoiy masofani (oraliq masofa 2 metr) saqlagan va niqoblar taqilgan holda sayr qilishga, bunda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onalarining hamrohligida sayr qilishga;

- oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari va professor o‘qituvchilariga – ilmiy ishlarni davom ettirish maqsadida laboratoriya va kafedralar faoliyatlarini tiklashga ruxsat berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring