Samarqandda respublikada ilk bor yer osti chiqindi saqlash majmuasi tashkil etildi

O‘zbekistonda ilk bor Samarqand shahri Qorasuv massivi «Obod maskan» MFYda 2 ta yarim yer osti chiqindi saqlovchi maxsus qutilar majmuasi ishga tushirildi.
Samarqand viloyati Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi aholidan to‘planadigan maishiy chiqindilarning atrofga sochilib ketmasligi, issiq kunlarda turli noxush hidlar tarqalishining oldini olish va fuqarolarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida shu tashabbusni amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun: Mazkur yer osti chiqindi saqlash majmuasi 2 metr chuqurlikda joylashtirilgan bo‘lib, ularning har biriga 2 tadan jami 4 ta maxsus konteyner o‘rnatilgan. Konteynerlarning sig‘imi 3 metr kub ya’ni 550 litrni tashkil etadi va 1000-1500 nafar aholiga xizmat qiladi. Kelgusida bu kabi yer osti majmuasidan hududda yana 5 ta qurish rejalashtirilgan.
Mahalliy aholi tomonidan bu kabi samarali chora-tadbirlar mamnuniyat bilan qarshilanib, ilgari shamol yoki turli hayvonlar tufayli chiqindilarning yer ustiga sochilib ketilishi kabi holatlarning oldini olishda ma’qul yechim bo‘lgani ta’kidlandi.
Bu kabi chora-tadbirlar respublika bo‘yicha izchil davom ettiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter