Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SamDTU va Pamukkale universiteti o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

SamDTU va Pamukkale universiteti o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

Joriy yilning 11-13-yanvar kunlari Turkiyaning Denizli shahrida Pamukkale universiteti tomonidan tashkillashtirilgan “Xalqaro termal salomatlik turizm forumi” bo‘lib o‘tmoqda.

Amaldagi va muvaffaqiyatli qo‘llanilish misollarini baham ko‘rishga qaratilgan xalqaro termal Sog‘liqni saqlash turizm forumi sektor muammolariga innovatsion va barqaror yechimlar ishlab chiqaradigan va tarmoq hamkorligi uchun keng qamrovli platforma yaratadigan muhitni taqdim etadi, termal sog‘liqni saqlash turizmi sohasidagi so‘nggi ishlanmalarni almashish, tajriba o‘tkazish va kelajakdagi hamkorlik qilish imkonini beradi.

Xalqaro forumda jahonning bir qancha mamlakatlarining sog‘liqni saqlash muassasalari qatori Samarqand davlat tibbiyot universiteti vakillari ham ishtirok etmoqda. Forum doirasida SamDTUning Jamoat salomatligi texnikumlari va akademik litsey bo‘yicha prorektori Aziz Kubayev hamda Pamukkale universiteti rektori, professor, Ahmet Kutluhan bilan uchrashuv tashkil etilib, ikki tomonlama hamkorlik masalalariga qaratilgan memorandum imzolandi.

Memorandumga ko‘ra kelgusida ikki muassasa o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda talabalar va professor-o‘qituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini yuritishni tashkiil etish, magistr va klinik ordinatorlarning akademik mobillik o‘tash dasturlarini amalga oshirish, ta’lim jarayonlarini tashkil etishda o‘zaro hamkorlikda ishlashga kelishildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki Pamukkale universiteti 1957 yilda Denizli shahrida dastlab oddiy maktab sifatida tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik katta ta’lim universitetiga aylangan. Pamukkale universiteti Turkiyaning eng taniqli davlat universitetlaridan biri hisoblanib, hozirgi kunda oliygohda 45000 talaba va 1400 rezident mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring