Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahlo Turdiqulova yangi lavozimga tayinlandi

Shahlo Turdiqulova yangi lavozimga tayinlandi

U Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatildi va Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib tayinlandi.

Aytilishicha, u O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 80 yillik tarixida bu lavozimni egallagan birinchi ayol bo‘ldi.

Shahlo Turdiqulova biologiya fanlari doktori, professor. Olima 2020 yildan O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari, 2023 yildan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring