Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrixon hokimi deputatlik mandatini topshiradimi?

Shahrixon hokimi deputatlik mandatini topshiradimi?

Foto: RIA «Novosti»

Jalaquduq tuman ma’muriy sudi  26-Segaza okrug saylov  okrugidan xalq deputatlari Shahrixon tuman Kengashiga bo‘lib o‘tgan (2019-yil 22-dekabr) saylov natijalarini qonunga xilof deb topdi. Bu haqda  «telegram»dagi «Soyadagi siyosatchilar» kanali ma’lum qilmoqda.  Unga ko‘ra, sud arizachi - Rahimov Nodirbek Ne’matjonovichning (O‘zLiDeP partiyasidan deputatlikka nomzod) «Shahrixon tuman Kengashiga saylov bo‘yicha 26-Segaza saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash to‘g‘risidagi bayonnomasiga saylovchilarning ovozlari sonini noto‘g‘ri kiritish bilan bog‘liq xatti - xarakatlarini  qonunga xilof topish xaqida»gi shikoyat arizasini qanoatlantirilgan.

Aytilishicha,  qonunga zid deb topilgan o‘sha saylovda  ayni paytda Shahrixon tumani hokimi vazifasini ado etayotgan Hikmatillo Dadaxonov mahalliy kengashga deputat  etib «saylangan». Bundan anglashiladiki, noqonuniy  ravishda deputatlik mandatiga ega chiqqan hokim  shu paytgacha   xalq deputatlar Shahrixon tuman kengashiga raislik qilib kelmoqda.

Ajab savdolar...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring