Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sharofiddin To‘laganov jurnalistmi yoki bloger?

Sharofiddin To‘laganov jurnalistmi yoki bloger?

Kecha, O‘zbekiston milliy matbuot markazida jurnalist, sharhlovchi Sharofiddin To‘laganovning 60 yoshi munosabati bilan yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda  ijodkorning «Bu sirli dunyo» va «Turkiya mening nigohimda»  kitoblarining taqdimoti ham o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olgan taniqli ijodkorlar  - Abdusaid Ko‘chimov,  Xurshid Do‘stmuhammad, Farida Afro‘z, Karim Bahriyev, Ismat Xushev,  Nurali Qobil,  Husan Ermatov, Abdurasul Jumaqulov, Norqobil Jalilov va boshqalar yubliyarni qutlab, uning serqirra ijodi, faoliyatiga to‘xtalishdi. 

Sharofiddin To‘laganovning radiodagi eshittirishlari, bosma nashrlarda ketma-ket chop etilayotgan maqolalari, ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi alohida tilga olindi.

Sharofiddin To‘laganovning so‘nggi yillarda «Turbat tarixi»  «Turbat yo‘lidagi qaydlar»  kitoblari chop etilagan edi. Yaqinda esa ushbu ro‘yxatga uning «Bu sirli dunyo» va «Turkiya mening nigohimda» asarlari qo‘shildi.

Hozirda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» teleradiokanali» davlat unitar korxonasi bo‘lim mudiri vazifasida ishlayotgan Sh. To‘laganov siyosiy sharhlovchi sifatida ham faol.  So‘nggi yillarda uning ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari aytish mumkinki, bir zum to‘xtagani yo‘q. U yuritayotgan «tnews.uz» sayti rang-barangligi bilan e’tiborga molik.

Ijodkorlar orasida bir gap yuradi: Sharofiddin To‘laganov jurnalistmi yoki bloger? Kechagi tadbirda bu savol ham yana o‘rtaga tashlandi.  Bizningcha, u jurnalistikaning barcha qirralarini o‘zlashtirgan ijodkor. Boshqa gap yo‘q. Ijodda charchamang, Sharofiddin aka!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring