Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

To‘qimachilik korxonalari uchun eng katta masalalardan biri bu – xomashyo. Yurtimizda 1 million 300 ming tonna tolani qayta ishlash quvvati bor. Keyingi 2 yilda yangi loyihalar hisobiga ushbu quvvatlar 1,5 million tonnaga yetadi. Lekin hozirda 1 million tonnaga yaqin tola ishlab chiqarilmoqda.

Bunday sharoitda yakkayu-yagona yo‘l – paxta yetishtirish tannarxini kamaytirish va hosildorlikni oshirish shartligi ta’kidlandi.

Bundan buyon viloyatda qayta ishlashni birinchi va ikkinchi zanjiri bor to‘qimachilik korxonasi paxta xomashyosini fermerdan bozor narxida sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi va o‘z vaqtida yakuniy hisob-kitobni amalga oshiradi.

Bugungi kunda chetdan yuqori hosildor urug‘lik chigit keltirib, 100 ming gektarga ekish ishlari olib borilmoqda.

Ayni kunlarda Xorazm 8 ming gektarga chigitni to‘liq ekib bo‘ldi. Andijon ekishni yaqinda tugatadi. Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida ekish ishlari 10 foiz, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘onada 30 foiz, Buxoro, Jizzax va Sirdaryoda 60 foizga ham bormasligi qayd etildi.

Mutasaddilarga bu boradagi ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Barcha klasterlar faoliyati tahlil qilinib, ulardagi xomashyo va aylanma mablag‘ bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

Chuqur qayta ishlashni joriy qilgani uchun aksariyat klasterlar yaxshi ishlayapti, ularning faoliyatida kreditni qaytarish, ishlab chiqarishning pasayishi bilan bog‘liq muammolar yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ayrim klasterlarga esa biroz ko‘mak berilsa, unumdorlik va eksport yanada oshadi. Mutasaddilarga klasterlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish topshirildi.

Ko‘rib turibsizlar, sohadagi salohiyatdan foydalanilmasa, ishlab chiqarish ham, eksport ham, ish o‘rinlari ham ko‘paymaydi.

Bu borada yagona to‘g‘ri yo‘limiz – mavjud xom ashyoni to‘liq qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish va an’anaviy “arzon” bozorlardan – yangi, “qimmat” bozorlarga kirib borish,
- dedi Prezident yig‘ilishda.

So‘ng davlatimiz rahbari tarmoqda faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring