Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: Islom aka kamtar inson edilar. Bu maqbara ham o‘zlariga munosib bo‘lgan

Shavkat Mirziyoyev: Islom aka kamtar inson edilar. Bu maqbara ham o‘zlariga munosib bo‘lgan

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari Samarqandga safari chog‘ida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Marhumning haqiga Qur’on tilovat etildi.

O‘tganlarni yaxshi amallari bilan eslash, ruhlarini shod etish muqaddas qadriyatlarimizdandir. Ulamolar bilan suhbatda Islom Karimovning ana shunday insoniy fazilatlari yodga olindi.

«Islom aka kamtar inson edilar. Bu maqbara ham o‘zlariga munosib bo‘lgan. Bu yerga mehr berganmiz. Birinchi Prezidentimiz boshlagan ishlarni davom ettirayapmiz. Ruhlari shod bo‘lsin, ilohim», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Allohdan yurtimizga tinchlik-farovonlik, xalqimizga salomatlik tilab duo qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring