Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident qarori (PQ–30-son, 03.12.2021-y.) bilan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi.

Qarorga ko‘ra, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha chuqur bilimga ega mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

Institut davlat OTM hisoblanib, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Institutda o‘qishni davom ettiradi.

 Institut, jumladan:

- xalqaro reytingda birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy OTMning dasturi asosida o‘z ta’lim dasturlarini shakllantiradi;
- ish beruvchilar talablaridan kelib chiqib o‘quv rejalaridagi nazariy ta’lim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshiriradi;
- Institut faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlarni samarali amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni tashkil etadi;

Institutning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan yetakchi OTMda tegishli magistratura mutaxassisliklari va 2023-yildan tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralari ko‘riladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring