Shavkat Mirziyoyevning shifokorlar bilan uchrashuvi boshlanmoqda

Yana sanoqli daqiqalardan so‘ng Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari bilan «O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun» mavzusidagi ochiq muloqoti boshlanadi.
Unda tibbiyot olimlari, shifokorlar, hamshiralar, farmatsevtlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillaridan kelib tushgan jami 25 mingdan ziyod murojaat va takliflar asosida sohadagi ko‘plab muammolarning oqilona yechimlari belgilab beriladi.
Sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan ustuvor maqsad va vazifalar ma’lum qilinadi. Shuningdek, tadbir davomida tibbiyot xodimlari bevosita davlatimiz rahbari bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavhada keyingi yillarda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari haqida so‘z yuritiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter