Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor kimlar tarvuz iste’molini kamaytirishi lozimligini aytdi

Shifokor kimlar tarvuz iste’molini kamaytirishi lozimligini aytdi

Foto: Xabar.uz

Parhezshunos, tibbiyot fanlari doktori Mixail Ginzburg ayrim holatlarda tarvuz iste’moli buyrak va yurak muammolari bo‘lgan odamlarning sog‘lig‘ini yomonlashtirishi haqida ogohlantirdi.

«Bular asosan yurak yetishmovchiligi, shishi va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan odamlardir», dedi Ginzburg.

U tarvuzning 90-95 foiz suvdan iboratligini eslatib, sog‘lig‘i tufayli suv iste’molini nazorat qilishga majbur bo‘lgan odamlar mevani cheklashlari kerakligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, tarvuzning tarkibidagi qolgan 5 foiz fruktoza tanaga juda tez kiradi. Ginzburgning ta’kidlashicha, bir vaqtning o‘zida juda ko‘p shakarni iste’mol qilish metabolizmni buzadi, natijada semizlik, yoshga bog‘liq kasalliklar va keksalikni keltirib chiqaradi.

Tibbiyot fanlari doktori tarvuzni bir yarim bo‘lak ovqatdan so‘ng va sekinlik bilan iste’mol qilishni maslahat berdi. Shuningdek, u tarvuzni non bilan birga iste’mol qilish foydali ekanligini, shu bilan tanadagi suyuqlik va shakar miqdorini nazorat qilish mumkinligini aytgan. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring