Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor ko‘rish qobiliyatini yaxshilash bo‘yicha muhim ma’lumotlarni oshkor qildi

Shifokor ko‘rish qobiliyatini yaxshilash bo‘yicha muhim ma’lumotlarni oshkor qildi

Yaxshi ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun inson xilma-xil mahsulotlarni iste’mol qilishi kerak. Bu haqda oftalmolog Shafiq Rahmon Utro.ru portaliga bergan intervyusida gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa go‘sht, qizil qalampir, qizil ikra, pomidor va rezavorlar ko‘z va ko‘rish qobiliyati uchun foydali sanaladi.

Shifokor ta’kidlaganidek, ushbu mahsulotlardagi ozuqa moddalari kataraktaning rivojlanishi va boshqa salbiy ta’sirlarning oldini oladi.

To‘q sariq va sariq rangli meva va mahsulotlar ham ko‘rish sifatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi, deydi oftalmolog. Bular o‘rik, apelsin, kartoshka, greypfrut, qovun, limon va sabzi bo‘lib, ular tarkibida S vitamini, sabzi va o‘riklarda esa ham beta-karotin mavjud. Ushbu moddalar ham shubhasiz ko‘z faoliyatini yaxshilaydi.

Shu bilan birga, mutaxassis spirtli ichimliklar ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring