Ilon Mask ko‘zi ojizlar uchun ajoyib yangilikni e’lon qildi
Neuralink kompaniyasining yangi Blindsight implanti bilan endi ko‘zi tug‘ma ojiz odamlar ham ko‘rishi mumkin. Bu haqda Ilon Mask xabar berdi.
«Agar miyaning ko‘rish po‘stlog‘i shikastlanmagan bo‘lsa, qurilma tug‘ma ko‘zi ojizlarga ham ko‘rish imkonini beradi», — deya yangi qurilmani ta’rifladi milliarder.
Yangi qurilma foydalanuvchisi boshlanishiga sifati past tasvir bilan qanoatlanishiga to‘g‘ri keladi, biroq kelgusida Blindsight yordamida ultrabinafsha va infraqizil spektrlarda ko‘rish mumkin bo‘ladi.
AQSh oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi ishlanmani ilg‘or yechim sifatida tasdiqladi, deyiladi Neuralink bayonotida.
Bungacha Neuralink implanti o‘rnatilgan ilk inson Nolan Arbo miyasidagi chip vositasida yapon va fransuz tillarini o‘rganishni boshlagani ma’lum bo‘lgandi. Arbo implant juda qisqa vaqt ichida hayotini ancha yaxshilaganini aytgan.
Mask oldingi bayonotlaridan birida kelgusida millionlab odamlarning miyasiga chiplar o‘rnatmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter