Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inson birinchi marta sun’iy yurak bilan 100 kundan ziyod yashadi

Inson birinchi marta sun’iy yurak bilan 100 kundan ziyod yashadi

Foto: BiVACOR

Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kundan ko‘p yashagan dunyodagi birinchi insonga aylandi, deb yozdi The Guardian.

Yurak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan 40 yoshli erkakka 2024-yilning 22-noyabr kuni sun’iy yurak o‘rnatilgan. 2025-yil fevralida shifoxona uyiga ketishga ruxsat berdi, mart oyi boshida uning navbati kelib, donor yuragiga ega bo‘ldi.

Avstraliyalikka qadar xuddi shu yurakdan beshtasi AQShda sinovdan o‘tdi. Uyoqda qurilmaning o‘rnatilishi va donor yuragi o‘tkazilishiga qadar eng uzoq muddat 27 kun bo‘lgandi.


Mavzuga doir: Birinchi marta insonga mexanik yurak o‘rnatildi


Ushbu sun’iy yurak (BiVACOR)ni doktor Deniyel Timms ixtiro qilgan. BiVACOR titandan ishlangan rotorli qon nasosi bo‘lib, inson yuragi o‘rnini to‘liq egallay oladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda har yili 23 millionga yaqin odam yurak yetishmovchiligiga uchraydi, shundan faqat 6 ming nafariga donor organi nasib etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring