Shifokor nonushtada ayrim mahsulotlardan tiyilishga chaqirdi
Nonushtada qovurilgan go‘sht, tez tayyor bo‘ladigan bo‘tqalar, oq undan tayorlangan non mahsulotlarini iste’mol qilish charchoqni keltirib chiqaradi. Bu haqda diyetolog Anjelika Duval ma’lumot bermoqda.
Mutaxassis ertalab og‘ir proteinli ovqatlarni iste’mol qilishni maslahat bermaydi, chunki ular uzoq vaqt hazm qilinadi va ko‘p energiya talab qiladi. Agar siz ushbu mahsulotlarni ertalab iste’mol qilsangiz, u hatto ichki buzilishlarga olib kelishi mumkin.
Qovurilgan go‘sht ertalabki ovqat uchun umuman mos kelmaydi. Tana ovqatni intensiv ravishda hazm qila boshlaydi va odam darhol dam olish uchun yotishni istaydi.
Oddiy uglevodlar ham sizning tanangizni charchoqqa olib kelishi mumkin. Bu, ayniqsa, non mahsulotlari va don mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Ular qonda shakarni ko‘paytirib, bunda oshqozon osti bezi qattiq ishlaydi va insulin ishlab chiqaradi.
Nonushta uchun yaxshilab pishirilgan donli mahsulotlar yaxshidir. Bu mahsulot ham uzoq vaqt hazm qilinadi, ammo qonda shakarning keskin ko‘tarilishiga olib kelmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter